GORI

GORI — Gruziyadagi eng qad. shaharlardan, Katta Liaxvi va Kura daryolarining qoʻshilish joyida, 588 m balandlikda. Tbilisidan 76 km. T. y. tuguni. Aholisi 60 ming kishidan ziyod (2002). Ip gazlama k-ti, priborsozlik, shpallarga chirishdan saqlaydigan modda singdiradigan z-dlar, meva va sabzavot konservalash, vino z-dlari, goʻsht k-ti, iqtisodiyot in-ti, tarix-etnografiya muzeyi, I. V. Stalinning uy-muzeyi bor. Solnomalarda 7-a. boshlaridan tilga olingan. Gorissixe oʻrta asr qalʼasi xarobalari saqlangan. Gori atrofida Gorijvari balneologiya kurorti bor.

1260-y. dek. da Gorida gruzinlar bilan moʻgʻullar oʻrtasida katta jang boʻlgan.