GORIZONT

GORIZONTaloqa Yer sunʼiy yoʻldoshlari (YESY) nomi, kechasiyu-kunduzi uzoq, telegraf-telefon radioaloqalarini va «Orbita», «Moskva» sistemalari st-yalari boʻyicha televideniye dasturlarini uzatish, shuningdek, «Intersputnik» yoʻldoshlar xalqaro aloqa tizimidan foydalanish maqsadida uchirilgan. YESY massasi — 2 t, Quyosh batareyalari bilan panellar yoyilgan hollarida kengligi 10 m. Yerga aniq yoʻnalish uch oʻkli sistema yordamida amalga oshiriladi «Gorizont» bortida energiya b-n taʼminlovchi qurilma, axborotni Yerga uzatuvchi radiotelemetrik sistema, orbita parametrlarini aniq oʻlchab boruvchi radiosistema, orbitaga tuzatish kiritib turuvchi tizim mavjud. «Gorizont» orbitaga 4 bosqichli uchiruvchi raketa «Proton» yordamida chiqariladi. 1979 — 83 y. mobaynida 5 ta «Gorizont» statsionar aylanma orbita (balandligi — 36000 km ga yaqin orbita)ga chiqarildi.