GORN

GORN — burun, Jan. Amerikaning eng jan. nuqtasi. Gorn o. da, Olovli Yer arxipelagining janla joylashgan (55° 59ʻ j. k. va 67° 16ʻ gʻ. u.). G. dengiz sathidan 150 m tik koʻtarilgan qoyatoshlardan iborat. Gorn rnida kuchli boʻron va tumanlar boʻladi. Gornda yevropaliklardan dastlab 1616-y. da golland sayyohlari Ya. Lemer va V. Sxauten boʻlgan. Sxautenning vatani — Gorn sh. nomi bilan atalgan. G. Gorn Burni (Chili) milliy parki hududida.