GOROSKOP (yun. horoskopos — vaqtni kuzatuvchi) , tolenoma — muayyan vaqt uchun sayyoralar va yulduzlarning bir-biriga nisbatan egallagan vaziyatlarini ifodalovchi jadval. Odam tugʻilgan yoki biron-bir muhim voqea yuz bergan paytda osmondagi sayyoralarning vaziyatiga muvofiq ravishda ular Goroskopning 12 «uyasi»ga joylashtiriladi. Goroskop ilmi nujum (astrologiya), munajjimlikda qoʻllaniladi. Goroskopga koʻra, goʻyo sayyora va yulduzlarning oʻzaro vaziyatlariga asoslanib oʻziga xos usullardan foydalanib kishilarning takdirini, voqealarning rivojini aytib berish mumkin emish. Ilgari hukmdorlar munajjimlarning fatvosisiz biror muhim ishni (mas, urushni) boshlashmagan. Goroskop boʻyicha bunday «fol ochish»ning samarasi ilmiy jihatdan asoslangan emas.