GOROVIS

GOROVIS (Horowitz) Vladimir Samoylovich [1904.18.9(1.10), Ukrainadagi Berdichev sh, — 1989, Nyu-York] — amerikalik pianinochi. 20-a. ning mashhur virtuoz ijrochilaridan. Kiyev konservatoriyasini tamomlagan (1921). 1925-y. dan chet el (1928-y. dan Nyu-York)da yashagan. Ijro uslubiga tabiiy joʻshqinlik, mohirona texnika bilan birgalikda ruhiy koʻtarinkilik, jozibali nafislik xos. Repertuaridan F. Shopen, F. List, P. Chaykovskiy, S. Raxmaninov, A. Skryabin, S. Prokofyev va b. kompozitorlarning asarlari oʻrin olgan.