GORTENZIYA

GORTENZIYA — toshyorardoshlar oilasining Hydrangea turkumiga mansub bir necha tur xushmanzara oʻsimliklarga berilgan umumiy nom. Bargi oddiy, qarama-qarshi joylashgan. Oq, pushti va qizil gullari toʻpgul hosil qiladi. Urugʻi koʻsakchada, 76 turi bor. Ulardan bir nechasi gulchilikda ekiladi. Xitoy va Yaponiyadan keltirilgan Gortenziya (N. macrophylla) va Shim. Amerikadan keltirilgan daraxtsimon Gortenziya (N. arborescens) xushmanzara oʻsimlik sifatida parklarda oʻstiriladi. Gortenziya parxish va qalamcha bilan koʻpaytiriladi.