GOSSIPOL

GOSSIPOL, S30N30O8 — sariq rangli zaharli, qattiq kristall modda. Polifenol birikmalarga kiradi. Gʻoʻza chigiti va iddiz poʻstlogʻida koʻp miqdorda (0,02—1,6%), boshqa qismlarida esa kam boʻladi. Gossipol va uning analoglari — gossipurpurin, gossiverdurin, gossifulvin chigit yadrosidagi maxsus bezchalarda joylashgan boʻlib, ular devori nihoyatda mustahkam va koʻpchilik organik erituvchilar taʼsiriga chidamli. Lekin past molekulyar spirtlar va suvda Gossipol bezchalari tezda yemiriladi. Gʻoʻzaning har xil tur va navlarida Gossipol miqdori turlicha. Ingichka tolali gʻoʻza navlari tarkibida Gossipol koʻp miqdorda (1,47—1,60%) boʻladi. Chorva mollari, ayniqsa qoramolga chigit kunjarasi va shroti meʼyordan ortiq berilganda mollar ozuqa tarkibidagi Gossipoldan zaharlanishi mumkin. Gossipol yogʻ sanoati chiqindilaridan olinadi. Gossipol antranalitlari, Gossipol smolasi va ularning mahsulotlari inson uchun foydali moddalar hisoblanadi. Ular xalq xoʻjaligining turli sohalarida: tibbiyot, kimyo sanoati, q. x., metall quyish sanoati va b. da ishlatiladi. Gossipol virusga faol taʼsir qiladi. Shu sababli hozirgi vaqtda Gossipoldan virusga qarshi ishlatiladigan interferon induktori preparatlari va b. moddalar ajratib olingan. Ad.: Sadы kov A. S, Xlopchatnik — chudo rasteniye, M., 1985.

Abdukarim Zikiryoyev.