GOT TILI

GOT TILI — qad. german qabilalaridan gotlar tili, german tillari sharqiy guruhiga mansub. U Skandinaviyadan topilgan mil. av. 1-a. ga oid yozuv yodgorliklardan maʼlum. Ikki asosiy shevasi — ostgot va vestgot boʻlgan. Got tilida umumgerman tillariga xos xususiyatlar — shovqinli undoshlar, unlilar uygʻunlashuvi, analitik feʼl shakllari boʻlgan. Bular hoz. Qrim hududida amalda boʻlgan qad. got tilining (ostgot shevasidagi) O. G. de Busbek tomonidan 16-a. da yozib qoldirilgan namunalarida uchraydi.