GOT YOZUVI — qad. yozuv turi. Bunda lotin harflari oʻziga xos usulda yoziladi. Got yozuvida 27 belgidan iborat boʻlgan alohida alifbo boʻlib, got tilida yozilgan barcha bitiklarda shu yozuv qoʻllangan. Got yozuvi asoschisi got bibliyasining tarjimoni, yepiskop Ulfil (taxm. 311—383-y.) xisoblanadi. Got yozuvi asosida 4-a. da yunon yozuvi yuzaga kelgan. Qad. Got yozuvi namunalari Italiya (10-a.), Gʻarb. Yevropa mamlakatlari (P-a.)da uchraydi.
Got yozuvining 4 turi mavjud:
1) uchli yozuv (tekstura);
2) siniq chiziqli uchli yozuv (fraktura);
3) dumaloq harflardan iborat siniq yozuv (shvabaxer);
4) Rim devoriy yozuvlariga taqlidan aylana-got yozuvi. Ayrim tadqiqotchilar Got yozuvi umuman got tilidagi fonemalarga toʻgʻri kelishini taʼkidlaydilar. Hozir amalda deyarli qoʻllanmaydi.