GOTTENTOT TILLARI

GOTTENTOT TILLARIkoysan tillari oilasiga mansub. JAR shim. ida, Namibiyaning jan. va shim. hududida, Botsvana va Tanzaniyada (sandave tili) tarqalgan tillar. 130 mingga yaqin kishi soʻzlashadi (1991). Gottentot tillari kuyidagi guruhlarni oʻz ichiga oladi: 1) kxoy [nama, kora (korana), grikva]; 2) nxauru (naran) tili va uning shevalari;

3) kve (demis, chumakve — shuakve) shevalari guruhi;

4) chu (xiochuvau xaychu-vau);

5) sandave (sandavi).

Gottentot tillari affikslarga boy, agglyutinativ xususiyatga ega. Son kategoriyasi birlik, koʻplik va ikkilangan shaklga ega. Feʼlning tuslanishi zamonga koʻra prefiks qoʻshish yordamida amalga oshadi. Gottentot tillari koʻpchiligi yozuvsiz, borlari xam mukammal emas. Nama tili (Namibiya) boshlangʻich taʼlimda va diniy adabiyotlarda qoʻllanadi. Gottentot tillari boʻyicha ilk tadqiqotlar 19-a. da boshlangan. Yozuvi bir oz qoʻshimcha belgilar bilan lotin alifbosi asosida.