GOVPECHAK

GOVPECHAK, arxar oʻti (Calystegia sepium (L. R. Br.) — pechakguldoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali oʻt. Poyasi chirmashib, shoxlanib usadi, uz. 1,5—3 m ga yetadi. Barglari bandli, oʻqsimon, uchi oʻtkir, ikki boʻlmali. Gullari oq yoki och pushti, gulbandi uzun. Mevasi dumaloq, bir uyali koʻp urugʻli koʻsakcha. Iyun—avg. da gullaydi, iyul—sent. da mevatugadi. Bir tupi 400 ta urugʻ beradi. Urugʻi va ildizpoyasidan koʻpayadi. Maysasi apr. — iyunda koʻkaradi. Ildizpoyasi sudralib usadi. Yoz boʻyi ildizpoyasidagi kurtaklardan bachki poyalar oʻsib chiqadi. Oʻrta Osiyodagi barcha hududlarda tarqalgan. Avj olib oʻsganda ekinlarni bosib ketadi. Ariq boʻylari, bogʻlarda va b. sernam joylarda uchraydi.