GOVXONASOY

GOVXONASOYQashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi soy, Gʻuzordaryoni tashkil etuvchilaridan biri — Katta Oʻradaryoning chap irmogi. Boysun togʻining shim.-gʻarbiy yon bagʻridagi buloqlardan boshlanuvchi 20 ta katta-kichik irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uz. 15 km. Mavsumiy qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Govxonasoy havzasi past togʻlarda joylashgan, yogʻin kam yogʻadi, shuning uchun kamsuv. Suvining asosiy qismi (80—85%) bahorda oqib oʻtadi. Govxonasoyda jala yomgʻirlardan soʻng baʼzan toshqinlar boʻladi.