GRAAF PUFAKCHASI

GRAAF PUFAKCHASI (golland anatomi R. Graaf nomidan) — odam va sut emizuvchi hayvonlar tuxumdonida tuxum hujayra yetiladigan pufakcha (follikul). Yetilgan Graaf pufakchasi yorilgach, ichidagi tuxum hujayra qorin boʻshligʻiga tushadi, undan bachadon nayiga (tuxum yoʻliga) kiradi. Yorilgan Graaf pufakchasi oʻrnida muvaqqat endokrin bezsariq tana hosil boʻladi.