GRADIYENT SHAMOL

GRADIYENT SHAMOLishqalanish kuchi boʻlmagan, barik gradiyent kuchi S Yer aylanishining ogʻdiruvchi kuchi A va markazdan qochma kuch G muvozanatlashgan sharoitda havoning gorizontal harakati. Barcha kuchlar bir toʻgʻri chi-iqda yotganligi sababli, Gradiyent shamol izobara boʻylab yoʻnalgan boʻladi. Bir xil barik gradiyent maydonida Gradiyent shamol tezligi siklon izobarasi holatida geostrofik shamol tezligidan kichik, antitsiklon izobarasi holatida esa undan katta boʻladi.