GRAFFITLAR

GRAFFITLAR (ital. graffi to — tirnalgan) — imoratlarning devorlari va idishlar sirtiga tirnash yoʻli bilan chizilgan qad. yozuvlar, naqsh va suratlar. Graffitlar qad. odamlarning kasbi, qiziqishlari, sanʼati, turmushi xususiyatlari toʻgʻrisida muhim maʼlumotlarni saklab qolgan. Graffitlar qad. qabilalarning jonli tilini bilishga imkon beradi. U paleografiya fanini yangi maʼlumotlar bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega. Oʻrta Osiyoning qadimda aholi yashagan manzilgohlaridan topilgan Graffitlar ham ajdodlarimizning koʻhna madaniyati va yozuv namunalarini oʻrganishda manba boʻlib xizmat qilmoqda.