GRAFIT-GAZLI REAKTOR — issiqlik neytronlari bilan ishlaydigan yadro reaktori; bunda sekinlatkich sifatida grafit, issiqlik tashigich sifatida gaz (SO,, Ne) ishlatiladi. Gazni yuqori t-ragacha qizitib, G.-g. r. li AES ning f. i. k. ni 40% va undan yuqoriroqqa koʻtarish mumkin (q. Atom reaktori) .