GRAMM

GRAMM (frans. gramme) — SGS birliklar tizimida massaning asosiy va SI tizimida ulush (0,001 kg) birligi; g bilan belgilanadi. U suvning eng zich boʻladigan t-rasi (4° ga yaqin) da 0,2% gacha aniqlik bilan 1 sm kub kimyoviy sof suv massasiga teng.