GRANATLAR ENSIKLOPEDII LUGʻATI

GRANATLAR ENSIKLOPEDII LUGʻATIRossiya universal ensiklopediyasi. Aka-uka A. va I. Granatlar tomonidan Moskvada nashr etilgan (1890). 1904-y. gacha 6-marta toʻliq nashr qilingan. 7-qayta ishlangan nashri 1910—48 y. larda 58 jildda chiqqan (56-jildi chiqmay qolgan). 1917-y. gacha «Aka-uka A. va I. Granatlar va K»» shirkati, soʻng Granatlar Rus bibliografiya in-ti, 54 – va 58-jildlarini «Sovetskaya ensiklopediya» Davlat in-ti nashr etgan.

Koʻzga koʻringan olimlar (A. V. Lunacharskiy, K. A. Timiryazev, L. S. Berg, V. I. Palladii, P. L. Kapitsa va b.) lugʻatni tahrir qilishda va unga maqolalar yozishda qatnashishgan.