GRANCHAKO

GRANCHAKO — Jan. Amerikaning markazidagi tabiiy oblast, 18—19° va 20—30° j. k. lar oraligʻida, Argentina, Paragvay, Boliviya davlatlari hududida. Sharqda (La-Plata payettekisligiga tutash qismi) bal. 50 m dan And togʻlari etaklari (gʻarbga) tomon 500—600 m gacha koʻtariladi. Iqlimi shim. da subekvatorial, markazida tropik, issiq iqlim, qishi yogʻinsiz. Iyulning oʻrtacha t-rasi 12—21°, yanv. niki 26—30° (maksimal t-ra 47° — bu materikdagi eng baland t-radir). Yillik oʻrtacha yogʻin shim.-sharqda 1200 mm, jan.-gʻarbida 500 mm. Yirik daryolari: Parana, Paragvay, Rio-Bermexo, Rio-Salado va b. Daryolari yezda toʻlib oqadi. G.-Ch. chekkalarida botqoqlik koʻp. Qoʻngʻir-qizil tuproqli yerlarda siyrak oʻrmonlar, butazorlar bor. Qimmatbaho yogʻoch va oshlovchi moddalar olinadigan daraxt turi koʻp. Hayvonot dunyosi boy. G.-Ch. ning asosiy boyligi — neft va yogʻoch. Aholisi oʻrmon kesish, ovchilik bilan shugʻullanadi. Paxta yetishtiriladi.