GRANITOV Ippolit Ivanovich

GRANITOV Ippolit Ivanovich (1900.11.2, hoz. Jan. Qozogʻiston viloyati Chaktak qishlogʻi — 1981.31.10, Toshkent) — geobotanik. Oʻzbekistan FA muxbir aʼzosi (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965), prof. (1960), biologiya fanlari dri (1961), Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1930). 1960-y. dan kafedra mudiri. Oʻrta Osiyo boʻylab oʻtkazilgan bir qancha ekspeditsiyalarda qatnashgan. Oʻrta Osiyo oʻtloqlaridan toʻgʻri va unumli foydalanish, oʻtloqlar hosildorligini oshirish, ayniqsa, Oʻzbekiston choʻl oʻsimliklari genezisi toʻgʻrisidagi masalalarni qal qilishga hissa qoʻshgan.

Ac: Oʻsimliklar qoplami, T., 1949; Janubi Gʻarbiy Qizilqum oʻsimliklari qoplami [2 jildli], T., 1964, 1967.