GRANULOTSITLAR

GRANULOTSITLAR (lot. granulum donacha va yun. kytos — hujayra) — sitoplazmasida donachalar (granulalar) bor oq qon tanachalari (leykotsitlar). Umurtqali hayvonlar va odam koʻmigida hosil boʻladi. Granulotsitlar uchun oqsilli donachalar xamda segmentar yadro boʻlishi xos. Donachalarining shakli va boʻyalishiga qarab neytrofillar, eozinofillar va bazofillarga boʻlinadi. Baʼzi leykotsitlarning eng sodda tuzilgan amyoba kabi faol harakat qilish xususiyati ham bor. Odam qonidagi leykotsitlarning asosiy qismini Granulotsitlar tashkil etadi, ular asosan himoya vazifasini oʻtaydi. Granulotsitlarning alohida turlari oʻrtasidagi nisbat organizmning umumiy ahvolini bildiradigan koʻrsatkich hisoblanadi.