GRANULYOMA

GRANULYOMA (lot. granulum — donacha va ota — oʻsma) — odam va hayvonlarda biriktiruvchi toʻqimaning yalligʻlanishi oqibatida yuzaga keladigan oʻsmasimon tuzilma. Infeksion Granulyoma — virusli, infeksion allergik (sil, zaxm, tulyaremiya, ich terlama, revmatizm, revmatoid artrit) tufayli; noinfeksion Granulyoma toʻqimalarga yot jismlar tushishi yoki uzoq vaqt mexanik taʼsirlanishi va b. tufayli hosil boʻladi. Granulyomani keltirib chiqargan sababiga qarab, uning hujayra tarkibi oʻzgarib turadi. Tananing turli qismida uchrashi mumkin. Davo asosan Granulyomaga sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat, bu yordam bermasa, jarrohlik usuli qoʻllaniladi.