GRAVITATSION VARIOMETR

GRAVITATSION VARIOMETRogʻirlik kuchi potensialining ikkilamchi hosilasini va gorizontal yoʻnalish ogʻirlik kuchi oʻzgarishi (gradiyenti)ni oʻlchaydigan asbob. Faqat ogʻirlik kuchi gradiyentini oʻlchaydigan Gravitatsion variometr g r a diyentometrlar deyiladi. Gravitatsion variometrni venger fizigi D. Etvesh ixtiro kilgan. Gravitatsion variometr uchlariga turli balandlikda massalar mahkamlangan yoki osilgan gorizontal yoki kiya oʻrnatilgan yengil koromislodan iborat; koromislo pishitilgan ingichka elastik ipga osiladi. Yerning bir jinsli boʻlmagan gravitatsion maydonida koromislo massalariga taʼsir etuvchi gravitatsion kuchlar momenti vujudga keladi. Yerga tortishish kuchi momenti buralgan ipning elastik kuchiga teng boʻlgunga qadar koromisloip atrofida buriladi. Ogʻirlik kuchi potensiali hosilalari koromisloning burilish burchagi boʻyicha aniqlanadi. Bunga Gravitatsion variometr korpusi meridianga nisbatan turli burchak ostida ketma-ket oʻrnatiladi. Gravitatsion variometrning tuzilishi t-ra, magnit va elektrostatik maydonlar taʼsirini bartaraf qilishga imkon beradi. Ogʻirlik kuchi potensialining ikkilamchi hosilasi ±(1—2)-10»ʻ s2 aniqlikkacha oʻlchanadi. Gravitatsion variometr geologorazvedka maqsadlarida yer qobigʻining ustki qatlamlari zichliklarining bir jinslimas taqsimlanishini oʻrganishda ishlatiladi.