GREK-TURK URUSHI

GREK-TURK URUSHI (1919-22) – Gretsiyaning Turkiyaga qilgan urushi. Antanta davlatlari Gretsiyani qoʻllabquvvatlagan. G.-T. u. turk xalqining chet el bosqinchilariga qarshi milliy ozodlik harakatiga aylanib ketgan. Grek qoʻshinlarining son jihatdan ustunligi, texnik jihatdan mukammal qurollanganligiga qaramay, turk qoʻshinlari ularni bir necha marta (1921-y. 10 yanv. va 31-martda Inyonyuda, 1921-y. 23 avg. — 13 sent. da Sakaryada, 1922-y. 30 avg. da Dumlupinarda) magʻlubiyatga uchratgan va 1922-y. 18 sent. ga kelib Anadolu hududini ozod qilishgan.

Prev Article

GREKLAR

Next Article

GREK-FORS URUSHLARI