GRIFON

GRIFON, grif (frans. griffon, lot. gryphus, gryps) — qad. afsonalardagi qanotli burgut yoki sher boshli, sher tanali afsonaviy maxluq. Grifon tasviri qad. dunyo sanʼati (meʼmorlik, rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat)da keng tarqalgan. Keyingi davrlar sanʼatida bezak (muhr, tamgʻa) sifatida koʻp ishlatilgan.