GROPIUS

GROPIUS (Gropius) Valter (1883.18.5, Berlin — 1969.5.7, Boston, AQSH) — nemis meʼmori, dizayn loyihachisi va meʼmorlik nazariyotchisi. Funksionalizm asoschisi. Meʼmorlikda ratsionalizm qoidalarini ishlab chiqqan. Qurilish va badiiy loyihalash oliy maktabi — «Bauxauz» asoschisi va direktori (1919 — 28). Funksionalizm tajribalariga suyanib, yangi qurilish texnikasi yutuqlaridan foydalanib, neoklassitsizm ruhidagi binolar qurgan: Kembrijdagi Garvard un-tining yangi korpusi (1948 — 50), Afinadagi AQSH elchixonasi (1957 — 61), Nyu-Yorkdagi «Panamerikan erlayns» aviatsiya shirkati koʻp qavatli binosi (1958 — 63) va b. 1937-y. dan AQSHda yashagan.

Prev Article

GRONINGEN

Next Article

GROSSULYAR