GROSSMEYSTER

GROSSMEYSTER (nem. GroBmeister — ulugʻ magistr, katta usta) — 1) shaxmat va shashkada eng yuksak sport unvoni. Xalkaro shaxmat federatsiyasi 1949-y. dan, Xalqaro shashka federatsiyasi 1948-y. dan xalqaro Grossmeyster unvonini taʼsis etgan. Oʻzbekistonda Grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan 7 shaxmatchi va 2 shashkachi istiqomat qiladi (2001). Yurtdoshlarim izdan Georgiy Aʼzamov (1954 — 86) ilk bor xalqaro Grossmeyster unvonini olgan (1984). Rustam Qosimjonov eng yosh Grossmeyster hisoblanadi (1997).

2) Katolik cherkovida diniy ritsarlik ordeni boshligʻi.