GRUMM-GRJIMAYLO MUZLIGI

GRUMM-GRJIMAYLO MUZLIGI — 1) Bogdo-Oʻla togʻidagi (Sharqiy Tyanshan) kichik muzlik;

2) Yazgʻulom tizmasining shim. yon bagʻridagi muzlik (Tojikiston Respublikasi Togʻli Badaxshon muxtor viloyati). Fedchenko muzligidan Tanimas darasigacha choʻzilgan. Uz. 37 km, eni 700—1700 m, mayd. 143 km2. Muzlik tili 3620 m balandda yotadi. 1887-y. rus ekspeditsiyasi Grumm-Grjimaylo Muzligi va V. Ye. GrummGrjimaylolar tomonidan oʻrganilgan.