GRUZIN TILI

GRUZIN TILI — gruzin xalqi tili. Kavkaz (iberg-kavkaz) tillari kartvel guruhiga mansub. Unda.3917,7 ming kishi soʻzlashadi. Gruzin adabiy tili tarixi 2 davrga ajraladi: qad. gruzin (5 — 11-a. lar), hoz. gruzin (12-a. dan boshlab). Kart dialekta gruzin adabiy tilining asosini tashkil etadi. Gruzin tilining dialektlararo differensiyasi juda kuchsiz. Hoz. Gruzin tili fonetika tizimida 5 unli 25 undosh boʻlib, bular 3 turga ajraladi: jarangli, jarangsiz va boʻgʻiz usti. Morfologiyada prefiks (old qoʻshimcha) va suffiksdan foydalaniladi. Gruzin tilining morfologik tuzilishi agglyutinativdir. Grammatik jins farqlanmaydi, 6 ta kelishik bor. Tushum kelishigi yoʻq, uning oʻrnida ergativlik mavjud. Koʻmakchilardan keng foydalaniladi. Gruzin tili sintaksisi predikativlik tuzilmaga ega. Ergash gapli qoʻshma gaplar ancha taraqqiy etgan.