GRUZIYA FANLAR AKADEMIYASI

GRUZIYA FANLAR AKADEMIYASI — Gruziyaning oliy ilmiy muassasasi. 1941-y. sobiq SSSR FA Gruziya filiali va Tbilisi un-ti huzuridagi bir qancha i. t. muassasalari negizida tashkil etilgan. Tbilisi sh. da joylashgan. 1998-y. akademiya tizimida 9 boʻlim, 50 dan ortiq i. t. muassasa, 5346 ilmiy xodim ishladi. Akademiya «Gruziya fanlar akademiyasi xabarlari» (1941-y. dan), «Masne» («Axborotnoma», 1960 i. dan, Ijtimoiy fanlar boʻlimi organi) va «Mesniyeraba da texnika» («Fan va texnika», 1949-y. dan) ilmiy jur. lar, monografiya, fanning turli sohalari boʻyicha ilmiy asarlar nashr etadi. Akademiya prezidenti — A. Taxvelidze (1986-y. dan).