GUANDUN

GUANDUNXitoy jan. dagi provinsiya, Jan. Xitoy dengizi sohilida. Mayd. 197,1 ming km2. Aholisi 71,4 mln. kishi (1998), aksariyati xitoy (xan)lar. Maʼmuriy markazi — Guanchjou (Kanton).

Guandun hududi bal. 1800 — 1900 m boʻlgan togʻ, qir hamda daryo vodiylaridagi pasttekisliklardan iborat. Iqlimi subtropik, jan. da tropik. Pasttekisliklarda yanv. ning oʻrtacha t-rasi 8 — 16°, iyulniki 26 — 28°. Yillik yogʻin 1200 — 2000 mm. Daryolari (Siszyan, uning irmogʻi Beyszyan va b.) sersuv. Guandun hududining qariyb yarmi doim yashil oʻrmon (qaragʻay, kunningamiya, lavr va choy daraxtlari, evkalipt, xin va b.).

Iqtisodiyotida q. x. yetakchi oʻrinda, G. Xitoyning tropik ekinlar eqiladigan muhim r-ni. Asosiy q. x. ekini — sholi, shuningdek, batat, shakarqamish, moyli ekinlar (yer yongʻoq, soya, kunjut, kameliya, tung), mevali oʻsimliklar (sitruslar, banan, ananas, mango), jut, rami, sizal, va b. yetishtiriladi. Ipakchilik rivojlangan. Chorvachiliqda koʻproq qoramol, choʻchqa va parranda boqiladi. Baliqchilik va baliq ovlash bilan ham shugʻullaniladi. Tuz olinadi. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — oziq-ovqat va toʻqimachilik. Foydali qazilmalardan bitumli slaneslar, volfram, marganes, surma rudalari va b. bor. Mahalliy koʻmir va temir rudasi asosida qora metallurgiya sanoati barpo etilgan. Har xil mashinasozlik korxonalari Guanchjou, Chjanszyan, Shantouda joylashgan. Kimyo va sellyuloza-qogʻoz sanoati rivojlangan. Siszyan daryosi va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Dengiz portlari: Guanchjou, Chjanszyan, Shantou, Xaykou.