GUANTANAMO

GUANTANAMO — Kubadagi shahar va port. Guantanamo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 200 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, tamaki, poyabzal, metallsozlik, qurilish materiallari sanoati korxonalari bor. Chetga sitrus mevalar va kofe chiqariladi. Shakarqand sanoatining markazlaridan biri; shokolad va likyor tayyorlanadi. Guantanamodan 16 km masofada AQSHning harbiy-dengiz bazasi (1903-y. da ijaraga olgan) bor. Shaharga 1524-y. da asos solingan.