GUBERNA

GUBERNA, gubernya, guberniya — Rossiyada 1708-y. dan mavjud boʻlgan asosiy maʼmuriy-hududiy birlik. Uezdlarga boʻlingan. Ayrim Gubernalar general-gubernatorliklarga birlashgan. 1917-y. ga kelib 78 Guberna mavjud edi, ulardan 25tasi Polsha, Finlyandiya, Boltiqboʻyi davlatlariga oʻtgan. 1923 — 29 y. larda Gubernalar oʻrnida oʻlka va oblastlar tashkil etilgan.