GUBKIN Ivan Mixaylovich

GUBKIN Ivan Mixaylovich [1871.9. (21).9, Pozdnyakovo qishlogʻi, hoz. Nijniy Novgorod viloyati — 1939.24.4, Moskva] — rus geologi, Rossiya neft geol. sining asoschisi, akad. (1929). Gubkinning ilmiy ishlari neft geol. siga, Kavkazda neft konlarining ochilishiga, Volga va Ural daryolari oraligʻida «Ikkinchi Boku» deb atalmish neft bazasini yaratishga bagʻishlangan. U balchiq vulkanlarining paydo boʻlishi va tarqalishi, ularning neft konlari bilan bogʻliqligi haqidagi taʼlimotni yaratdi. Gubkin neft geol. siga oid bir qancha asar va darsliklarning muallifi. RF Belgorod viloyatidagi shaqarlardan biri Gubkin nomiga qoʻyilgan.