GUDERMES

GUDERMES — RFning Checheniston Respublikasidagi shahar (1941-y. dan). T. y. tuguni. Tibbiyot asboblari, gʻisht, konserva z-dlari, t. y. transportiga xizmat qiladigan korxonalar faoliyat koʻrsatgan. Gudermes atrofidan neft qazib chiqariladi. Aholisi 40 ming kishi (1991), lekin 1990-y. lar oxiriga kelib aholining bir qismi urush tufayli shaharni tashlab ketishga majbur boʻldi. Shu bois hoz. kunda ishlayotgan korxonalar soni kam.