GUDZON

GUDZON, Xadson Genri (taxm. 1550—1611) — ingliz dengizchisi. Atlantika okeanidan Tinch okeanga utuvchi shim. dengiz yoʻlini topish maqsadida 1607—11 y. larda 4-marta Arktika dengizlarida suzgan. Ekspeditsiyani ingliz va golland savdogarlari Xitoy va Hindistonga Ispaniya va Portugaliya mustamlakalaridan xoliroq joydan oʻtuvchi yangi suv yoʻlini topish maqsadida uyushtirgan. Gudzon 1607-y. Tinch okeanga Shim. qutb orqali oʻtishga urinib 80°23ʻ sh. k. gacha borgan va yoʻlakay Yanmayen o. ni kashf qilgan. 1609-y. Barens dengizi orkali Shim. Amerika qirgʻoklarigacha suzgan va materik sohilini tadqiq qilgan. Gudzon daryosini kashf qilib, uning yuqori oqimi tomon 250 km gacha borgan. Keyinchalik uning nomiga qoʻyilgan boʻgʻoz va katta qoʻltiqni kashf etgan. 1611-y. iyunida orqaga qaytishda yoʻlda dengizchilar isyon qilib, Gudzonni oʻgʻli bilan va 7 dengizchini kemadan qayiqqa oʻtqazib qoldirishgach, bedarak yoʻqolgan.