GUGENOTLAR

GUGENOTLAR — 16-18-a. larda Fransiyadagi kalvinizm tarafdorlari. Gugenotlarning katoliklar bilan kurashi Diniy urushlarga aylangan. 1598-y. dagi Nant ediktiga koʻra G. diniy eʼtiqod erkinligiga ega boʻlib, bir muncha siyosiy mustaqillikni qoʻlga kiritganlar. Rishelye davrida (1629) Gugenotlarning siyosiy mustaqilligiga barham berilgan; Lyudovik XIVdavrida (1685) Nant edikti bekor qilingan, Gugenotlar diniy eʼtiqod erkinligidan mahrum boʻlishgan, ular yoki katolik diniga oʻtishlari yoki Fransiyani tark etishlari lozim boʻlgan (G. ning koʻpchiligi mamlakatni tark etgan). 18a. oxiridagi Buyuk fransuz inqilobi davrida Gugenotlar katoliklar bilan teng huquqli boʻlishga erishganlar.