GUGURTTOGʻ

GUGURTTOGʻ — Turkmanistonning jan.-sharqidagi shahar (1990-y. dan), Koʻhitang togʻining gʻarbiy etagida, Amudaryodan shim. da, Mukri (Turkmaniston) t. y. stansiyasi yaqinida. 1930-y. larda oltingugurt koni ishga tushirilishi bilan vujudga kelgan. Aholisi 23,3 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Sof oltingugurt qazib olinadi. Oltingugurt va kaliy oʻgʻiti i. ch. zavodlari bor.