GUK QONUNI

GUK QONUNI — qattiq jismning elastik deformatsiyasi bilan shu jismga qoʻyilgan mexanik kuchlanish orasidagi chizikli munosabatni ifodalaydigan qonun. R. Guk kashf qilgan (1660). Kuchlanish taʼsirida jism choʻzilishi yoki siqilishi mumkin. Mas, uzunligi va koʻndalang kesim yuzasi S boʻlgan sterjen boʻylama Gʻ kuch bilan choʻzilsa, uning uzayishi Al=Fl/ES boʻladi, bunda: D — mutlaq (absolyut) choʻzilish (qisqarish), Ye — elastiklik moduli (Yung moduli). Nisbiy choʻzilish uchun o»=Јye, bunda o — normal kuchlanish, ye — nisbiy choʻzilish. Siljish uchun x=Su, bunda: u — siljish burchagi, x — urinma kuchlanish, G — siljishdagi elastiklik moduli, koʻpchilik materiallar uchun G=0,4E. Mac, poʻlat uchun Ј=2-106 kg-k/sm2, choʻyan yoki mis uchun Јʻ=1-106 kg-k/sm2 va h. k.