GULDARASOY

GULDARASOYQashqadaryo viloyati Yakkabogʻ va Qamashi tumanlaridagi soy. Koʻhitang togʻining shim.-gʻarbiy yon bagʻri (2800 m) dan oqib tushadigan 16 ta katta-kichik irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Guldarasoy suvi sugʻorishga sarflanishi va yer ostiga sizib ketishi natijasida Yakkabogʻdaryoning chap tarmogʻi Qizildaryoga yetmasdan, Badaxshon qishlogʻidan 1 km jan. da tugaydi. Uz. 40 km, havzasining mayd. 276 km2. G. ning havzasi nisbatan baland, shu tufayli koʻproq qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Guldara qishlogʻi yaqinida oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 0,17 mʻ/sek. Suvining 60—65% mart—iyun oylarida oqib oʻtadi, aprel—may oylarida oʻrtacha oylik suv sarfi 0,55 m/sek gacha yetadi, noyab. —fevral oylarida esa suvi kamayadi, baʼzan quyi oqimida oʻzani qurib qoladi.