GULIKURA TIZMASI

GULIKURA TIZMASIHisor tizmasi tarmogʻi, Surxondaryo viloyatining shim.-sharqidagi Uzun tumani hududida joylashgan. Dalma, Kichkina Bardon tizmalaridan jan. roqda. Uz. 8—9 km, oʻrtacha bal. 1400—1500 m, eng baland nuqtasi 2041 m. Jan.-gʻarbiy yon bagʻri nisbatan tekisroq boʻlib, Toʻpolondaryo vodiysi tomon sekin-asta pasayib boradi. Shim. va shim.-sharqiy yon bagʻri tik boʻlib, Zevarsoy qirgʻoqlaridan tik koʻtarilgan. Iqlimi kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 1—2°, iyulniki 22—28°. Yillik yogʻin miqdori 600—800 mm. Gulikura tizmasidan koʻplab buloq va kichik soylar boshlanadi. Tuprogʻi boʻz tuproq, togʻ jigarrang tuproqlar boʻlib, ularda efemer (bir yillik), efemeroid (koʻp yillik) oʻsimliklar oʻsadi. Shim.-sharqida archazor oʻrmonlar bor. Asosan yaylov sifatida foydalaniladi.