GULIQAHQAH PARI

GULIQAHQAH PARI — turkiy xalqlar sehrli-fantastik ertaklarida keng tarqalgan afsonaviy-mifologik obraz. Ertaklarda tasvirlanishicha, Guliqahqah pari Koʻhiqof togʻida, Eram bogʻida yashaydi va turli qiyofalarda uchib boradi. Guliqahqah parining boshqa parilardan farqli tomoni, u qah-qah urib kulganida ogʻzidan gullolalar sochiladi. U nihoyatda goʻzal, aqlli, donishmand, ishbilarmon, moʻjizalar yaratishga qodir, hatto turli kasalliklarni ham davolay oladi. Ertaklar qahramonlari podsho va b. kuchlarning Guliqahqah parini keltirish yoki uning gulidan bahramand etish shartini bajarishda ogʻir, qiyin sarguzashtlarni boshidan kechiradi, turli toʻsiklarni yengib, afsonaviy makondan Guliqahqah parini yoki uning gulidan olib kaytadi.