GULISTON (1923-y. va 1952-60 y. larda shahar, soʻngra shaharchaga aylantirilgan, 1961-y. 8-maydan yana shahar) — Sirdaryoviloyatiyaagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Mirzachoʻlning jan.-sharqida, 276 m balandlikda, «Doʻstlik» kanali sohilida. Toshkentdan 118 km. Gulistondan Toshkent—Xovos t. y. oʻtgan. 1895-y. da endigina qurilayotgan Samarqand—Toshkent t. y. yoqasida hoz. Guliston oʻrnida dastlabki uylar qad koʻtargan edi. Keyinchalik u yerda ikkita qishloq paydo boʻlib, ularning birlashishidan Mirzachoʻl sh. (1961-y. dan Guliston deb atalgan) vujudga keldi. Yiliga oʻrtacha 295—300 mm yogʻin yogʻadi, yanv. ning oʻrtacha t-rasi —2,5°, minimum t-pa —35°, iyulning oʻrtacha t-rasi 28°, maksimum t-ra 45°. Aholisi 55,3 ming kishi (2000), asosan oʻzbeklar; shuningdek, qozoq, tatar, rus, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi.
Sanoati paxta tozalash zdi, paxta punkti, elevator, sut, yogʻ-ekstraksiya, non z-dlari, yaxna ichimliklar korxonasi, q. x. mashinalari va avtomashinalarni taʼmirlash ustaxonalari, qurilish materiallari k-ti, bosmaxona, maishiy xizmat koʻrsatish k-ti, «Turkiston» qandolatchilik qoʻshma korxonalaridan iborat. Dori-darmon ishlab chiqariladigan L«ichava-Farmsanoat» Oʻzbekiston—Chexiya qoʻshma korxonasi qurildi. Gulistonda Guliston universitetы, tibbiyot kolleji, kasb-hunar va sanʼat bilim yurtlari, qurilish kolleji, 9 umumiy taʼlim maktabi, Sirdaryo teatri, kutubxona, pochta, telefon st-yasi bor. Poliklinika, viloyat markaziy kasalxonasi xizmat koʻrsatmoqda. Oʻn mingtomoshabinga moʻljallangan stadion mavjud.
Shaharda koʻp qavatli turar joylar, jamoat binolari, jumladan «Nikoh saroyi», suzish havzasi, sharqona uslubda qurilgan «Guliston» choyxonasi, akademik litsey, qoʻgʻirchoq teatri binolari va b. bunyod etildi. Shahar hududidan Jarqoq—Toshkent gaz quvuri oʻtgan. Viloyat markazidan barcha tuman markazlari va Toshkentga avtobuslar qatnaydi.