GULNOBOD JANGI

GULNOBOD JANGIEron safaviplari va afgʻon qoʻshinlari oʻrtasida (1722-y. 8 mart) boʻlgan jang. Isfahon yaqinidagi Gulnobod qishlogʻi yaqinida safaviy qoʻshinlari butunlay tor-mor qilingan. Afgʻonlar qoʻshini rahbari Mahmud Gilzoyi (Xotaki) bundan foydalanib, safaviylarning poytaxti Isfahonni qamal qilgan. 1722-y. 22 okt. da Eron shohi Husayn Safaviy Isfahonni afgʻonlarga topshirgan. Shu yiliyoq Mahmud Gilzoyi Eron shohi taxtiga oʻtirgan.