GULQALAM

GULQALAM, duv-duv — pichoq tigʻiga xat, sana oʻyib yozishda ishlatiladigan, poʻlatdan yasalgan bigizsimon asbob. Sana qalam, bigiz qalam, poʻlat qalam kabi turlari mavjud. Gulkash turi esa taroqqa gul solish, xat bitish uchun ishlatiladi.