GULYOR-SHAHNOZ — Rost maqomining «Ushshoq» shoʻbasi asosida yaratilgan besh qismli Fargʻona—Toshkent maqom yoʻllaritsan. Shahnoz—Gulyor deb ham ataladi. Pardalar tuzilishi Rost (maqomlad)iga mos keladi. Uning qismlari — «Gulyor», «Shaqnoz», «Chapandozi Gulyor», «Ushshoq» va «Qashqarchai Ushshoq» ohang va ritmik xususiyatlari b-n bir-biridan ancha farq qiladi. G.-Sh. ning cholgʻu yoʻllari ham mavjud.