GULZOR

GULZORgul va manzarali oʻsimliklar ekilgan joy. Gulzor oʻsimlik chiroyini koʻrsatish uchun maxsus bezatiladi. Hajmiga, joylashgan oʻrniga qarab, har xil shakl va kurinishda barpo etiladi. Gulzor, ayniqsa, koʻk maysa fonida joylashib, daraxt hamda butalar bilan oʻralgan boʻlsa, koʻrinishi yanada chiroyli boʻladi. Oʻsimlik tur-xillari toʻgʻri tanlanib, yaxshi parvarish qilib borilsa, Gulzor manzarasi koʻp yillargacha oʻzgarmay turadi. Gulzor dagi gullarning tur va xillari vaqtvaqti bilan yangilanib, shaqli oʻzgartirib turiladi.