GUN Karlis Fridrixovich

GUN Karlis Fridrixovich [1830.1(13). 12, Madliyena, Latviya — 1877.16(28). 1, Davos, Shveysariya] — latish rassomi, latish realistik sanʼati asoschilaridan. Peterburg BAakad. (1868) va prof. (1870). Peterburg BAda taʼlim olgan (1854 — 61). 1863 — 71 ylarda Parijda yashagan. Gun latish mavzuiga murojaat qilgan birinchi professional rassom. Janrli asarlar («Kasal bola», 1869; «Deraza oldidagi ayol», 1872), tarixiy («Varfolomey tunidan lavha», 1870), shuningdek, manzara, portretlar (Marko Vovchak portreti, 1864) ham yaratgan.