GUR TILLARI

GUR TILLARIniger-kongo tillari oilasiga mansub tillar guruhi. Gur nomi shartli. Tovushlar birikmasi G. t. koʻpchiligi (gurma, guren, gurunsi, guruba va b.)da mavjudligi uchun shunday nomlangan. Gur tillari voltiy tillari deb ham ataladi. Gur tillari Gʻarbiy Afrika, Mali, Niger, Gana, Togo, Benin, Kot-d-Ivuar va Burkina-Faso hududlarida Tapqalgan boʻlib, qariyb 14 mln. kishi soʻzlashadi (1991). Gur tillarining yuzga yaqin turi maʼlum, ular turli shevalarga ega. Gur tillari shevalarining ayrimlari hali oʻrganilmagan. Gur tillari tilshunoslar tomonidan turlicha tasnif qilingan. Hoz. Gur tillari 10 guruhga boʻlingan, ularning bir-biridan farqi kattaligi tufayli har biri ayrim guruh sifatida qaraladi. Yozuvi lotin alifbosi asosida.