GURALASH

GURALASHOʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari chegarasidagi togʻ dovoni. Jizzax viloyatining jan. da, Zomin tumani hududida, Turkiston tizma togʻining markazidagi Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi chegarasida joylashgan. Mutlaqbal. 3200 m. Yerusti parchalangan, yon bagʻirlari tik. Iqlimi sovuq. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 700 — 800 mm. Atrofida archazorlar bor. Qishda qalin qor bilan qoplanib yotadi. Guralashdan Guralashsoy (Sangzor daryosining irmogʻi) vodiysi orqali oʻtgan soʻqmoq yoʻldan may—okt. oylarida piyoda va otda oʻtish mumkin.

Prev Article

GUPCHAK

Next Article

GURAMISHVILI